Biznes uchun sun’iy intellekt (AI) yechimlari
Nova Code biznes uchun sun’iy intellekt yechimlarini yaratadi. Bu oddiy chatbot emas: AI sizning 1C, Excel, Odoo, CRM va Telegram’ingizga ulanadi, raqamlarni tahlil qiladi, mijozlarga javob beradi va rahbarga hisobot tayyorlaydi.
Qanday AI yechimlar qilamiz
Shu sahifadagi Nova yordamchisi ham biz yaratadigan AI agentlarning jonli namunasi.
AI ERP
Savdo, ombor, moliya va xodimlar tizimi ichida AI: raqamlarni tahlil qiladi, muammodan oldindan ogohlantiradi va qaror uchun maslahat beradi.
Rahbarga AI hisobotlar
Hech narsani o‘zgartirmasdan: kompyuterga dastur (exe) o‘rnatiladi, u 1C va Excel’dan ma’lumot yig‘adi, AI hisobotni Telegram’ga jadval bo‘yicha yuboradi.
Sotuv uchun AI yordamchi
Telegram, Instagram va saytda mijozlarga 24/7 javob beradi, buyurtma va arizani CRM’ga o‘tkazadi.
Jarvis uslubidagi yordamchi
Kompyuter uchun ovozli yordamchi: dastur va fayllarni ochadi, hujjatlarni tahlil qiladi, eslatma qo‘yadi.
Hujjat va ovoz uchun AI
Fakturalar, nakladnoy va shartnomalarni rasmdan o‘qib tizimga kiritadi; ovozli xabarni matnga aylantiradi.
Boshqa yo‘nalishlar uchun AI
Xodimlar uchun bilim bazasi, monitoring, kontent va boshqalar: muammoni aytasiz, AI’ni biz yasaymiz.
Qanday natija beradi
Qanday ishlaymiz
Texnik topshiriq
Jarayonlaringizni o‘rganamiz va ish hajmi, modullar, integratsiyalar va muddatni yozib chiqamiz.
Shartnoma
Hajm, bosqichlar, muddat va to‘lov shartlari kelishiladi.
Tizim tuzilmasi
Arxitektura, rollar va ma’lumotlar oqimi siz bilan tasdiqlanadi.
Ishlab chiqish
Tizim quriladi, maxsus funksiyalar yoziladi, eski ma’lumotlar ko‘chiriladi.
O‘rgatish va qo‘llab-quvvatlash
Jamoangizni o‘rgatamiz, video qo‘llanmalar beramiz va tizimni qo‘llab-quvvatlaymiz.
Ko‘p beriladigan savollar
AI yechim faqat Odoo bilan ishlaydimi?
Yo‘q. AI 1C, Excel, Odoo, CRM, Telegram va saytlar bilan ishlaydi. Mavjud tizimingizni almashtirish shart emas.
AI agent qaysi tillarda gaplashadi?
O‘zbek, rus va ingliz tillarida yozma va ovozli xabarlarni tushunadi.
Ma’lumotlarimiz xavfsizmi?
Tizim faqat kerakli ma’lumotga kiradi, kirish huquqlari texnik topshiriqda kelishiladi. Kerak bo‘lsa, yechim sizning serveringizda ishlaydi.
AI yechim narxi qancha?
Vazifa va ulanadigan tizimlarga bog‘liq. Texnik topshiriqdan keyin aniq narx va muddat kelishiladi.