Dastur (programma) yaratish — biznesingiz uchun buyurtma asosida
Nova Code biznes uchun dastur (programma) yaratadi: buyurtmalar, mijozlar, ombor, to‘lovlar va hisobotlarni yuritadigan boshqaruv tizimlari. Dastur sizning ish tartibingizga moslab yoziladi, siz esa unga moslashmaysiz.
Qanday dasturlar yozamiz
5 yildan ortiq tajriba va 60 dan ortiq bajarilgan loyiha: CRM va ERP tizimlari, dashboardlar, mobil ilovalar va kompyuterga o‘rnatiladigan dasturlar.
CRM va ERP tizimlari
Mijozlar, buyurtmalar, ombor, moliya va xodimlar bitta dasturda.
Ombor va savdo dasturi
Kirim-chiqim, qoldiqlar, narxlar, kassa va savdo agentlari uchun.
Boshqaruv paneli (dashboard)
Rahbar uchun tushum, qarzdorlik va samaradorlik real vaqtda.
Kompyuter dasturi (exe)
Windows uchun dastur: 1C, Excel va boshqa dasturlardan ma’lumot yig‘ib, hisobot tayyorlaydi.
Veb dastur va shaxsiy kabinet
Brauzerda ishlaydigan tizim: mijoz, xodim va hamkor kabinetlari.
Integratsiyalar
Telegram, to‘lov tizimlari, 1C, Odoo va boshqa xizmatlar bilan ulash.
Qayerda kerak bo‘ladi
Qanday ishlaymiz
Texnik topshiriq
Jarayonlaringizni o‘rganamiz va ish hajmi, modullar, integratsiyalar va muddatni yozib chiqamiz.
Shartnoma
Hajm, bosqichlar, muddat va to‘lov shartlari kelishiladi.
Tizim tuzilmasi
Arxitektura, rollar va ma’lumotlar oqimi siz bilan tasdiqlanadi.
Ishlab chiqish
Tizim quriladi, maxsus funksiyalar yoziladi, eski ma’lumotlar ko‘chiriladi.
O‘rgatish va qo‘llab-quvvatlash
Jamoangizni o‘rgatamiz, video qo‘llanmalar beramiz va tizimni qo‘llab-quvvatlaymiz.
Bajarilgan loyihalar
Ko‘p beriladigan savollar
Programma tuzish qancha turadi?
Narx dastur hajmiga bog‘liq. Texnik topshiriqdan keyin aniq narx va muddatni yozma kelishamiz.
Dastur qancha vaqtda tayyor bo‘ladi?
Muddat ham hajmga bog‘liq va texnik topshiriqda belgilanadi. Ishni bosqichlarga bo‘lib, har bosqich oxirida natijani ko‘rsatamiz.
Dastur kodi kimga tegishli bo‘ladi?
Kelishuv shartnomada yoziladi. Tizim sizning serveringizda yoki biz tavsiya qilgan serverda ishlashi mumkin.
Tayyor bo‘lgandan keyin qo‘llab-quvvatlaysizmi?
Ha. Xodimlarni o‘rgatamiz, video qo‘llanmalar beramiz va dasturni keyin ham qo‘llab-quvvatlaymiz.
Soosum
EDU App
Agro app