Biznesni avtomatlashtirish va raqamlashtirish

Nova Code — O‘zbekistondagi IT kompaniya. Biz biznes jarayonlarini avtomatlashtiramiz: savdo, ombor, moliya, ishlab chiqarish va xodimlar hisobi bitta tizimda yuritiladi, rahbar esa hisobotni real vaqtda ko‘radi.

01

Nimalarni avtomatlashtiramiz

Raqamlashtirish qog‘oz, Excel va tarqoq dasturlarni bitta tartibga keltirishdan boshlanadi. Tizimlashtirish esa har bir xodim nima qilishi, ma’lumot qayerga ketishi va kim nimani tasdiqlashi aniq bo‘lishi demak.

Savdo va CRM

Mijozlar bazasi, buyurtmalar, agentlar savdosi, qarzdorlik va sotuv voronkasi bitta joyda.

Ombor va xarid

Qoldiqlar, filiallararo ko‘chirish, inventarizatsiya va yetkazib beruvchilar bilan ishlash.

Moliya va hisobotlar

Kirim-chiqim, kassa, to‘lovlar va rahbar uchun tayyor dashboardlar.

Xodimlar va davomat

Ish vaqti, Face ID davomat, vazifalar va ish samaradorligi nazorati.

Mavjud tizimlarni ulash

1C, Excel, SalesDoc, MoySklad, Trello kabi dasturlardagi ma’lumotlar yagona tizimga olib kiriladi.

Hech narsani o‘zgartirmasdan AI hisobotlar

Kompaniya avvalgidek ishlayveradi: kompyuterga o‘rnatilgan dastur ma’lumotni yig‘adi, AI esa hisobotni rahbarga Telegram’da yuboradi.

Odoo ERP joriy qilish haqida batafsil — odoo.novacode.uz ↗

02

Kimlar uchun

Savdo va distribyutsiya kompaniyalariIshlab chiqarish va zavodlarQurilish kompaniyalariO‘quv markazlari va xizmat ko‘rsatishFiliallari ko‘p bizneslar
03

Qanday ishlaymiz

01

Texnik topshiriq

Jarayonlaringizni o‘rganamiz va ish hajmi, modullar, integratsiyalar va muddatni yozib chiqamiz.

02

Shartnoma

Hajm, bosqichlar, muddat va to‘lov shartlari kelishiladi.

03

Tizim tuzilmasi

Arxitektura, rollar va ma’lumotlar oqimi siz bilan tasdiqlanadi.

04

Ishlab chiqish

Tizim quriladi, maxsus funksiyalar yoziladi, eski ma’lumotlar ko‘chiriladi.

05

O‘rgatish va qo‘llab-quvvatlash

Jamoangizni o‘rgatamiz, video qo‘llanmalar beramiz va tizimni qo‘llab-quvvatlaymiz.

04

Bajarilgan loyihalar

05

Ko‘p beriladigan savollar

Biznesni avtomatlashtirish narxi qancha?

Narx ish hajmiga bog‘liq: qaysi bo‘limlar, nechta foydalanuvchi va qaysi dasturlar bilan ulanish kerakligiga. Aniq narx va muddat texnik topshiriqdan keyin kelishiladi.

Tayyor dastur (Odoo) yoki noldan yozilgan tizim — qaysi biri yaxshi?

Ko‘p bizneslar uchun Odoo ERP tezroq va arzonroq: 50 dan ortiq tayyor modul bor, biz uni jarayonlaringizga moslaymiz. Jarayon juda o‘ziga xos bo‘lsa, tizimni buyurtma asosida noldan yozamiz.

1C va Excel’dagi ma’lumotlar yo‘qolmaydimi?

Yo‘q. Mavjud ma’lumotlar yangi tizimga ko‘chiriladi. Xohlasangiz, 1C bilan ishlashni davom ettirib, ma’lumotlarni avtomatik yig‘ib beramiz.

Xodimlar yangi tizimni o‘rgana oladimi?

Har bir bo‘lim uchun o‘rgatish o‘tkazamiz va video qo‘llanmalar beramiz. Tizim kompyuter, planshet va telefonda ishlaydi.

Qaysi shaharlarda ishlaysiz?

O‘zbekiston bo‘ylab ishlaymiz, ko‘p ishlarni masofadan bajaramiz. Sayt va hujjatlar o‘zbek, rus va ingliz tilida.