Zavod va ishlab chiqarish uchun programma: avtomatlashtirish
Nova Code zavodlar va ishlab chiqarish korxonalari uchun programma joriy qiladi: xomashyo kirimi, ishlab chiqarish rejasi, tayyor mahsulot ombori, transport va savdo bitta tizimda yuritiladi.
Zavodda nimalarni avtomatlashtiramiz
Beton zavod, trikotaj, filtr, qurilish materiallari kabi ishlab chiqarishlarda ishlaganmiz. N1 Beton’da kamera bilan darvoza nazorati va transport hisobi, Belita’da ishlab chiqarish, ombor, xarid va moliya bitta tizimga yig‘ilgan, rahbarga har kuni Telegram’da hisobot keladi.
Xomashyo va xarid
Yetkazib beruvchilar, kirim, sifat va xomashyo qoldig‘i nazorati.
Ishlab chiqarish (MRP)
Retseptura (masalan, beton markalari), ishlab chiqarish buyurtmalari, smenalar va tannarx.
Ombor
Xomashyo va tayyor mahsulot qoldig‘i, ko‘chirish va inventarizatsiya.
Transport va darvoza nazorati
Kamera bilan mashinalar kirish-chiqishi, reyslar va yetkazib berish hisobi.
Savdo va qarzdorlik
Buyurtmalar, narxlar, mijozlar qarzi va to‘lovlar.
Rahbar uchun hisobot
Kunlik ishlab chiqarish, sotuv va xarajatlar Telegram’ga avtomatik keladi.
Qaysi korxonalar uchun
Qanday ishlaymiz
Texnik topshiriq
Jarayonlaringizni o‘rganamiz va ish hajmi, modullar, integratsiyalar va muddatni yozib chiqamiz.
Shartnoma
Hajm, bosqichlar, muddat va to‘lov shartlari kelishiladi.
Tizim tuzilmasi
Arxitektura, rollar va ma’lumotlar oqimi siz bilan tasdiqlanadi.
Ishlab chiqish
Tizim quriladi, maxsus funksiyalar yoziladi, eski ma’lumotlar ko‘chiriladi.
O‘rgatish va qo‘llab-quvvatlash
Jamoangizni o‘rgatamiz, video qo‘llanmalar beramiz va tizimni qo‘llab-quvvatlaymiz.
Bajarilgan loyihalar
Ko‘p beriladigan savollar
Beton zavod uchun qanday programma kerak?
Beton zavodida odatda beton markalari bo‘yicha retseptura, xomashyo (sement, qum, shag‘al) hisobi, buyurtmalar, miksher va transport reyslari hamda mijozlar qarzi yuritiladi. Biz bularni Odoo ERP asosida bitta tizimga yig‘amiz, N1 Beton’dagi kabi kamera bilan darvoza nazoratini ham ulaymiz.
Zavodni avtomatlashtirish uchun Odoo mos keladimi?
Ha. Odoo’da ishlab chiqarish (MRP), ombor, xarid, sifat va moliya modullari bor. Biz ularni zavodingiz jarayoniga moslaymiz va kerakli funksiyalarni qo‘shimcha yozamiz.
Ishlab chiqarishni to‘xtatmasdan joriy qilsa bo‘ladimi?
Ha. Tizim bosqichma-bosqich ulanadi: avval bir bo‘lim, keyin qolganlari. Eski ma’lumotlar ko‘chiriladi, xodimlar o‘rgatiladi.
Narxi va muddati qancha?
Zavod hajmi, bo‘limlar soni va integratsiyalarga bog‘liq. Texnik topshiriqdan keyin aniq narx va muddat kelishiladi.
Odoo joriy qilish
N1 Beton
Hadid