Anthropic Claude Duet’ni taqdim etdi: o‘zi birinchi yozadigan AI agent
Claude Duet fonda ishlaydi, ulangan ilovalarni kuzatib boradi va faqat muhim narsa bo‘lganda xabar beradi.

21-oktabr kuni Anthropic Claude Duet’ning sinov versiyasini ochdi. Bu fonda ishlaydigan AI agent: u har kuni ertalab ulangan ilovalardagi muhim ishlar bo‘yicha qisqa xulosa yuboradi, ularni bir necha soatda bir tekshiradi va faqat e’tibor talab qiladigan narsa bo‘lganda yozadi.
Xabar yuborish, to‘lov qilish, hujjat imzolash yoki biror narsani o‘chirishdan oldin agent foydalanuvchiga taklifini ko‘rsatib, ruxsat kutadi. Hozircha AQShda Claude Pro va Max obunachilari uchun navbat asosida ochilgan.
Bu “savolga javob beradigan” AI’dan “o‘zi kuzatib, ogohlantiradigan” AI’ga o‘tishni ko‘rsatadi. Nova Code rahbarlar uchun shunga o‘xshash yechimlar qiladi: AI kompaniya ma’lumotlarini kuzatib, hisobotni va muammo haqida ogohlantirishni Telegram’ga o‘zi yuboradi.